
Epidemiologik monitoring bo‘lim faoliyati to‘g‘risida
Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazining epidemiologik monitoring bo‘limida jami 4 nafar 2 nafar vrach epidemiolog va 2 nafar epidemiolog yordamchisi faoliyat yuritadi. Bo‘limda faoliyat yuritayotgan 2 nafar epidemiologning 1 nafari oliy toifali, 1 nafari toifasiz. Epidemiolog yordamchilarining ikkalasi xam oliy toifali.
- OIV infeksiyasi bo‘yicha joylarda metodik amaliy yordam ko‘rsatish, kasallik o‘choqlarida epidimiologik, profilaktik tadbirlar o‘tqazilishida boshchilik qilish.
- OIV infeksiyasiga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora- tadbirlar rejasi bo‘yicha amalda tadbiq etib, monitoring nazoratini olib borish.
- Profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarda ishtirok etib, OIV infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish.
- Viloyat miqyosida OIV bilan kasallanish bo‘yicha ma’lumot yig‘ish, ularni tahlil qilib borish.
- Epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot taqdim etish, kasallik o‘chog‘ida chegaralash, surishtiruv va profilaktik tadbirlarni tashkil etish.
- DPMlarga OIV – infeksiyasi masalalari bo‘yicha amaliy - metodik yordam ko‘rsatish, kasallik o‘choqlarida epidemiologik, profilaktik tadbirlarni o‘tqazishida boshchilik qilish.
- OIV masalalari bo‘yicha huquqiy normativ hujjatlar tayyorlashda epidemiologik masalalar bo‘yicha fikr va takliflarini kiritish.
- Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tayyorlanadigan hay`at qarorlari, buyruq- loyihalarini tayyorlashda qatnashish.
- Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi hay’at yig‘ilishiga, DSENM san.epid kengashiga ma’lumot tayyorlash va masala kiritish.
- Aholi orasida OIV – profilaktikasi mavzusida sanitariya - targ‘ibot ishlarida qatnashish.