
Laboratoriya majmuasi xizmat faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar.
Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Jizzax shahri, Toshloq mahallasi Shifokorlar ko‘chasi 2 uyda joylashgan, viloyatda OIV infeksiyasiga tekshirish viloyat OITSga qarshi kurash markazi, viloyat Qon quyish markazi va Gallaorol, Forish, Zomin, Baxmal va Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmalari qoshidagi OIV diagnostika laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladi. Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi laboratoriyasi moslashtirilgan binolarda joylashgan bulib, serologik laboratoriya, PSR laboratoriya, Immunologik laboratoriya, klinik va bioximik laboratoriyalar faoliyat olib boradi. Laboratoriyalarda zamonaviy tibbiy apparatlar bilan jihozlangan bo‘lib, tahlillarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Serologik laboratoriyada uchinchi va to‘rtinchi avlodiga mansub test sistemalarida IFA usulida xamda ekspress-test usullarda OIVga tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Markazda pullik xizmat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, virusli gepatit B va S turlariga, TORCH infeksiyasining SMV, VPG, Xlamidiya, Ureaplazma, Toksoplazma turlariga hamda Polemiraza zanjirli reaksiya PSR tahliliga sifat va miqdor ko'rsatkich turlariga tekshirish amalga oshiriladi.
PSR laboratoriyada PSR usulida qonda OIV bilan zararlangan hujayradagi provirus DNKsini topish ya’ni sifat tahlili hamda qon plazmasidagi OIVning genom RNKsini topish miqdoriy tahlili amalga oshiriladi.
Immunologik laboratoriyada immun statusni aniqlashning nospesifik usuli, ya’ni SD-4 hujayralar va T- limfotsitlar soni aniqlaniladi.
Klinik va bioximik laboratoriyada qon hamda qon zardobining umumiy va bioximik tahlili, umumiy peshob tahlili amalga oshiriladi. Axoliga xizmat ko‘rsatishni engillashtirish maqsadida tumanlarda: Baxmal, G‘allaorol, Forish, Zomin tuman OIV dignostika laboratoriyalari va Do‘stlik tumanlararo (Do‘stlik, Mirzacho‘l, Arnasoy) laboratoriyalarida IFA usulida xamda ekspress-test usullarda OIVga tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Bugungi kunda viloyatda OITSni aniqlash laboratoriya xizmatini bajarishda 12 nafar vrach- 12 st,da, 21 nafar laborantlar -17.5 st.da va 12 nafar sanitarkalar-11,75 st.da ish olib borishmoqda. 12 nafar vrachlarning 6 nafari ixtisosligi bo‘yicha malaka oshirgan, 4 nafari malaka oshirgan. 3 nafari toifaga ega, 2 nafari toifaga ega emas. 21 nafar laborantkalarning 7 nafari toifaga ega, 14 nafari toifaga ega emas.