Ulubiy, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo‘limi
Uslubiy, profilaktika va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil etish bo‘limi 6 nafar vrach, jumladan: 1 nafar bo‘lim mudiri, 2 nafar sanitar targ‘ibot vrachi, 2 nafar DPMlar bo‘yicha mas’ul vrachlar, 1 nafar vrach epidemiolog (ishonch xona vrachi) faoliyat yuritadi. Bo‘limda 5 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari, jumladan: 4 nafar vrach epidemiolog yordamchilari, 1 nafar sanitariya-targ‘ibot feldsheri faoliyat yuritadi. Bo‘lim jami 5 ta xonada faoliyat yuritadi.
Vrachlarning 1 nafari oliy toifali, 5 nafari toifaga ega emas. O‘rta tibbiyot xodimlarining 2 nafari oliy, 3 nafari toifaga ega emas.
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunini ijrosini ta’minlash va qonunning bajarilishini muvofiqlashtirib borish.
- OIV infeksiyasi epidemiyasiga qarshi, profilaktik, tashhis qo‘yish va davolash tadbirlarini muvofiqlashtirib borish.
- OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash tadbirlarni muvofiqlashtirish viloyat komissiyasi yig‘ilishiga, Sog‘liqni saqlash boshqarmasining Hay’at yig‘ilishlariga analitik ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish.
- Aholining sog‘ligiga saqlashda OIV infeksiyasi profilaktikasi, tashhis qo‘yish va davolash metodlarining samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish.
- OIV infeksiyasi epidemiyasiga qarshi va profilaktik tadbirlarning olib borilishi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish.
- OIV infeksiyasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malaka oshirishi, ularning bilim va xabardorligini oshirishni tashkillashtiradi.
- OIV infeksiyasi yuqish omillari bo‘yicha epidemiologik va satsiologik tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil etadi.
- Viloyat Hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, OITSga qarshi kurash markazining buyruq, qaror va farmoyishlarini tayyorlashda ishtirok etadi.
- Davolash profilaktika muassasalaridan OIV infeksiyasi bo‘yicha hisobotlarni yig‘ishni tashkillashtiradi.
- OIV infeksiyasi bo‘yicha yig‘ilishlar, seminarlar tashkil qilish qiladi.
- OIV infeksiyasi bo‘yicha profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish.
- OIV infeksiyasiga qarshi kurashda davlat va nodavlash tashkilotlar xamkorligini tashkil etadi.