Kasallikning Etiologiyasi
Odamning immunitet tanqisligi virusi Retroviridae oilasining Lentivirus (“lenti” - sekin, uzoq) kichik oilasiga tegishlidir.
Tuzilishi. Genomning noyob tuzilishi va maxsus ferment - qaytalama transkriptazaning mavjudligi retrovirusning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Virus tarkibida qaytalama transkriptazaning mavjudligi genetik axborotning teskari yo‘nalishini: DNKdan RNKga emas, aksincha RNKdan DNKga tomon yo‘nalishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda virusning ikki turi: OIV-1 va OIV-2 ma’lum. Ular tarkibiy va antigen xususiyatlari bilan farqlanadi. Dunyoda, jumladan O‘zbekistonda OIV-1 ko‘p tarqalgan. OIV-2 ga nisbatan OIV-1 ning patogenligi yuqori hisoblanadi. OIV-2 asosan G‘arbiy Afrika mamlakatlari aholisi orasida tarqalgan.
OIVning etilgan virioni – diametri 100-150 nanomikron (nmk)ga yaqin bo‘lgan sharsimon shakldagi zarracha. Unda RNKning 2ta molekulasi, fermentlar, nukleoproteinlar va oqsillar mavjud. Nukleokapsidning o‘zida 2000ga yaqin r24 oqsili mavjud.
Nukleokapsid r17 matritsa oqsilidan iborat bo‘lgan qobiq bilan o‘ralgan, ustida 72 ta glikoproteinli tikanak (ship) qadalgan tashqi ikki qatlamli lipoprotein qobiq joylashgan. Har bir tikanak transmembran glikoprotein (gp41)ning 3 molekulasidan va yuza glikoprotein (gp120)ning 3 molekulasidan iborat.
Virusda replikatsiya uchun zarur bo‘lgan quyidagi fermentlar mavjud:
- Qaytalama transkriptaza (revertaza);
- Integraza;
- Proteaza;