OITS Kasallikning davosi haqida
Xozirigi kunda OITS kasalligining to'liq davosi topilmagan. OIV infeksiyali bemorlarni davolash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lib, ular:
o‘z vaqtida davo choralarini boshlash va shu bilan birga hayot uchun xavfli bo‘lgan kasalliklarni oldini olish, hayot sifatini oshirish, umrini uzaytirish hisoblanadi. Bemorlar o‘zlarida rivojlanib borayotgan kasalliklarni bilmasliklari mumkin, shuning uchun faol davriy tekshiruvlar kasallikni erta aniqlash uchun zarur.
OIV infeksiyali shaxslarni dispanser nazoratiga olish uchun ularni faol ravishda taklif qilish lozim. Shu bilan birga ularning xaq – xuquqlari paymol qilinmasdan, o‘zlari hohlagan tibbiy muassasani tanlash imkoni beriladi. OIV – infeksiyasi tasdiqlangan shaxslar dispanser kuzatuvi ostida bo‘lishi lozim. OIV-infeksiyali bemorlarni barvaqt dispanser nazoratiga olish, ularning mehnatga bo‘lgan layoqatini saqlab qolish, xayot sifatini oshishiga va umrini uzaytirishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Asosiy vazifalar bu- bemorlarning tibbiy –ruhiy faoliyatini tiklash va retrovirusga qarshi terapiyani o‘z vaqtida boshlashdir. OIV infeksiyasiga qarshi kurashishda asosan kasallikning kechishi xisobiga olinadi va kondagi T –limfotsitlar xamda SD-4 xujayralar soni, kondagi virus kontsetratsiyasi xamda kasallikni birlamchi va ikkilamchi klinik kechishi davrilarida olib boriladi. Anteretrovirus preparatlari bilan davolash uchun bemorning roziligi olinadi.
1. Teskari transkriptaza ingibitrlari. Bu o'zi 2 ga bo'linadi. A-Nukliazid tabiatga ega bo'lgan dorilar zidovudin, didonozin, zalktsitobim Fosfazid. Stavudin AZT (Azidotimidin) B-Nonukliazid tabiatga ega bulgan dorilar Nevrapin, Delaveridin, Ifaverentslar kiradi
2. Proteaza – ingibatorlari indinovir, sekvinavir, retonovirlar kiradi.
Undan tashkari kushimcha opportunistik indikator kasalliklarni va simtomatik xolatda davolanadi. Davolash natijasida bemor umrini 8-10 yilga uzaytirish mumkin. Xozirgi kunda axolini (moil) guruxiga kiruvchi gomo va biseksualistlarga AQShda OIV profilaktikasi uchun truvada nomli tabletka qulanilaboshlandi, u 2 ta antiretrovirus tabletkadan iborat.