OIV Klinik belgilari
1- klinik bosqich
Simptomsiz kechishi, immuntanqislik holatida rivojlanuvchi OIV infeksiyasining klinik ko‘rinishlari yoki opportunistik kasalliklar namoyon bo‘lmaydi. Organizmning OIVga javobi antitanachalar hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Rivojlanib boruvchi tarqalgan limfoadenopatiya. Kasallikning yagona klinik ko‘rinishi bo‘lib, limfa tugunlarining kattallashuvi xisoblanadi, ba’zan u ham kuzatilmasligi mumkin. Laborator o‘zgarishlardan anemiya, trombotsitopeniya (asosan bolalarda), jumladan gemostazning o‘zgarishi bilan bog‘liq klinik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin. Birinchi klinik davrning davomiyligi o‘rtacha 6-7 yil. Bu davrda SD4 limfotsitlar darajasi asta sekinlik bilan bir yilda o‘rtacha 50-70 hujayra /mkl tezligida pasayib boradi.
2- klinik bosqich
2- klinik bosqichga immuntanqislikning asta sekinlik bilan rivojlanib borishi xos, bu davrga OIV infeksiyasining tasnifida ko‘rsatilgan klinik ko‘rinishlar kiradi.
1986 yilda fransuz olimlari tomonidan Afrikaning g‘arbiy mintaqalarida inson uchun patogen bo‘lgan, OITSni keltirib chiqaradigan yana bir retrovirus aniqlandi va u OIV-2 deb ataldi.
- Angulyar xeylit
- O‘rab oluvchi temiratki
- Tirnoqlarning zamburug‘li zararlanishi
- Tana vaznining kamayishi (5-10% gacha) va oxirgi 6 oy davomida sababsiz ozish
- Qichishadigan papulyoz toshma
- Og‘iz shilliq qavatining residivlanuvchi yarasi (oxirgi 6 oy davomida ikki va undan ortiq marta) Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyasi - retsidivlanuvchi (6 oy ichida ikki va undan ortiq marta sinusit, o‘rta quloqning otiti, bronxit, faringit yoki traxeit)
- Seboreyali dermatit
3- Klinik bosqich
OIV virusining replikasiyasi davom etadi, SD4 hujayralarining kamayib borishi va o‘limi bilan kechadi. Bu immuntanqislik holatida tasnifda keltirilgan og‘ir va qaytalanib turuvchi opportunistik infeksiyalar va/yoki boshqa nozologik kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. 3- klinik bosqich odatda SD4 limfositlarning soni 350 hurjayra/mkl bo‘lganida rivojlanadi.
- O‘tkir yarali-nekrotik stomatit, gingivit yoki parodontit
- Og‘izning tukli leykoplakiyasi
- Orofaringial kandidoz yoki oral kandidoz-retsidivlanuvchi (oxirgi 6 oyda ikki va undan ortiq) yoki doimiy (bir oydan ko‘p vaqt)
- Sababsiz surunkali diareya (bir oydan ko‘p vaqt mobaynida)
- Gematologik o‘zgarishlar-sababsiz anemiya (gemoglobin < 8 g %), neytropeniya (neytrofillar soni < 0,5x 109 l),trombotsitopeniya
- Sababsiz doimiy isitma (1 oydan ko‘p mobaynida)
- O‘pka sili
- Limfa tugunlari sili
- Og‘ir bakterial infeksiyalar (masalan, bakterimiya, suyak va bo‘g‘imlar infeksiyasi, plevra empiemasi, meningit, bachadon va uning ortiqlarining og‘ir yalig‘lanishli kasalliklari, zotiljam, piomiozit )
- Ozish –oxirgi 6 oy mobaynida sababsiz tana vaznining 10% ortiq kamayishi
4-klinik bosqich
Bemorlarda 4 klinik bosqich odatda SD4 limfositlarning soni 200 hurjayra/mkl dan kam bo‘lganida rivojlanadi. Bu og‘ir, xayot uchun xavfli opportunistik va/yoki o‘sma kasalliklarning rivojlanishi va ularning tez tarqalishi, markaziy asab tizimining zararlanishi bilan kechadi.
- Qizilo‘ngach yoki pastki nafas yo‘llarining kandidozi
- Bachadon bo‘yni saratoni (invaziv, faqat displaziya emas)
- Surunkali oddiy gerpes virusi infeksiyasi (VPG) yaralanishning 1 oydan ortiq davomiyligida
- Surunkali kriptosporidioz (1 oydan ortiq diareya bilan)
- Surunkali izosporioz (1 oydan ortiq isitma bilan)
- Kriptokokkoz – o‘pkadan tashkari (meningit bilan)
- Tsetomegalovirusli infeksiya – retinit, kolit yoki ezofagit
- O‘pkadan tashkari sil (limfadenitdan tashqari )
- OIV – nefropatiya
- OIV - entsefalopatiya
- OIV- kaxeksiya
- OIV infeksiyasi oqibatida kelib chiqgan yomon sifatli o‘smalar va aposhi sarkomasi
- Leyshmanioz – vistseral (tarqalgan)
- Yomon sifatli limfoma – birlamchi markaziy asab tizimining limfomasi va V-xujayrali noxodjkin limfomasi
- Tarqalgan - atipik mikobakteriyalar (nosil) chaqirgan infeksiyalar
- Zamburug‘li - tarqalgan infeksiyalar (masalan, kandidoz, koktsidioidoz, gistoplazmoz )
- Pnevmotsistli zotiljam (Pneumocystis jirovecii chaqirgan zotiljam )
- Rivojlanib boruvchi ko‘p o‘choqli leykoentsefalopatiya
- Toksoplazmoz – markaziy asab tizimining zararlanishi, retinit
- Salmonellaspp chaqirgan qaytalanib turuvchi septitsemiya
- OIV - kardiomiopatiya