OIV kasalligining tarixi
Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) to‘g‘risidagi dastlabki xabarlar AQShda ro‘yxatga olingan. 1981 yilda Los-Anjeles va Nyu-Yorklik gomoseksualistlarda pnevmotsist pnevmoniyaning 5 holati va Kaposhi sarkomasining 26 holati aniqlangan.
Ularning ko‘pchiligida odamning immunitet tanqisligi virusi – OIV tufayli yuzaga kelgan T–hujayralari immunitet tanqisligi aniqlangan. Birinchi marta OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi ta’riflandi va keyinchalik unga “Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi” (OITS) degan nom berildi.
Odamning immunitet tanqisligi virusi 1983 yilda ikkita laboratoriyada mustaqil ravishda fransiyalik olim Lyuk Montane rahbarligidagi Paster instituti va Robert Gallo rahbarligidagi AQShdagi saraton kasalligi milliy institutida ajratib olindi. BJSST tomonidan 1985 yilda mazkur virusga odamning immunitet tanqisligi virusi – OIV nomi berildi.
1986 yilda fransuz olimlari tomonidan Afrikaning g‘arbiy mintaqalarida inson uchun patogen bo‘lgan, OITSni keltirib chiqaradigan yana bir retrovirus aniqlandi va u OIV-2 deb ataldi.