OIV infeksiyasi profilaktikasi
Tartibsiz jinsiy aloqa qiluvchilar orasida , shaxsiy ximoya vositalarini tarqatish. Giyohvandlikka chalingan bemorlar o‘rtasida bir marotaba ishlatiladigan shpritslar, shaxsiy ximoya vositalarini tarqatish.
Kamunikatsion –texnalogik usul: Avtobus bekatlarida, vogzallarda, metrolarda, axoli to‘planadigan joylarda OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha plakat va afisha sifatida yozilgan reklamalarni tashkil qilish. Shaharlarda va axoli soni ko‘p bo‘lgan tumanlarda reklamalarni tadbiq qilish.
Viloyat, shaxar telivedeniyalarida reklama shaklidagi roliklar tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borish. Axoliga va ayniqsa yoshlarga OIV/OITS to‘g‘risida ishlangan kino filmlarni va videoroliklarni namoyish qilishdan iborat.
Tashkilot, muassasa, maxalla, maktab, litsey, kollej va aholi orasida va shuningdek davolash profilaktika muassasalarida davra suhbatlari, ma'ruza. suhbatlar tashkil qilish. Viloyat, shaxar va tumanlar gazetalarida OIV infeksiyasi to‘g‘risida maqolalar chop etdirish. Aholi orasida va bilim maskanlarida buklet, plakat va eslatma shaklidagi tarqatma materiallarni tarqatish.